Odam tibbiyoti haqida umumiy ma’lumot: Odam tibbiyoti dunyodagi eng qadimiy va muhim akademik hamda professional sohalardan biridir. U tibbiy fanlarni o‘qish va ularni kasalliklarni aniqlash, davolash hamda inson salomatligini saqlashda isihlatishga yo‘naltirilgan. Ushbu soha intensiv ta’lim, amaliy tayyorgarlik, o’zini berib ishlash va ilmiy hamda tibbiy yutuqlarga doimiy e’tibor talab qiladi.
Turkiyada tibbiy ta’lim olish, shifokor sifatidagi karyerangizga qanday ta’sir qiladi? Turkiyada tibbiy ta’lim olish sizning shifokor sifatidagi karyerangizga sezilarli va positiv ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Quyida karyerangizga tegishli ba’zi muhim jihatlari keltirilgan:
Sifatli ta’lim: Turkiya yuqori sifatli tibbiy ta’lim berishi bilan mashhur. Turkiya universitetlari zamonaviy laboratoriyalar va texnologiyalar bilan jihozlangan, shuningdek, yuqori malakali o‘qituvchilardan iborat, bu esa talabalarni tibbiyotning turli yo‘nalishlarida chuqur bilim olishlari uchun sharoit yaratadi.
Nufuzli universitetlar: Hacettepe, Istanbul va Ankara universitetlari kabi ko‘plab turk universitetlari xalqaro miqyosda tan olingan va kuchli tibbiy dasturlarni taklif qiladi.
Xalqaro akkreditatsiya: Turkiya tibbiyot universitetlarining ko‘plab diplomlari dunyoning ko‘pgina mamlakatlarida tan olinadi, bu esa boshqa davlatlarda ishlash imkoniyatlarini ochadi.
Amaliy tajriba: Turkiyada tibbiy dasturlar amaliy tayyorgarlikka katta e’tibor qaratadi. Talabalar yuqori darajadagi sog‘liqni saqlash tizimi bilan mashhur bo‘lgan turk kasalxona va klinikalarida tajriba orttirish imkoniyatiga ega bo‘lishadi.
Til va madaniy qobiliyatlar: Turkiyada o‘qish turk tilini, ba’zi dasturlarda esa ingliz tilini o‘rganish imkonini beradi. Bu esa til qobiliytlaringizni yaxshilaydi va bemorlar bilan muloqotni osonlashtiradi.
Tadqiqot imkoniyatlar: Turkiya universitetlari tibbiy tadqiqotlarda ishtirok etish uchun ko‘plab imkoniyatlarni taqdim etadi. Bu sizning shifokor sifatidagi qobiliyatlaringiz va bilimlaringizni rivojlantirishda muhim rol o‘ynaydi, chunki ilmiy tadqiqotlar shaxsiy rivojlanishning muhim qismidir.
Professional tarmoqlar: Turkiyada ta’lim olishingiz davomida talabalar, o‘qituvchilar va kasalxonalardagi shifokorlar bilan aloqa o‘rnatish imkoniga ega bo‘lasiz. Ushbu tarmoq kelajakda ish imkoniyatlarini qidirish yoki professional yordam olishda juda foydali bo‘lishi mumkin.
Bitirgandan keyingi ish imkoniyatlari: O‘qishni tugatgandan so‘ng, yangi shifokorlar Turkiya kasalxonalarida stajirovka (rezidentura)ni boshlashlari mumkin. Bu ularga turli va band muhitda amaliy tajriba orttirish imkoniyatini beradi. Shuningdek, shifokorlar Turkiyada ishlash yoki o‘z vatanlariga qaytib, o‘z kasbini davom ettirish uchun murojaat qilishlari mumkin.
Akademik va professional qo‘llab-quvvatlash: Turkiya universitetlari talabalar va bitiruvchilar uchun akademik va professional qo‘llab-quvvatlash xizmatlarini taklif etadi. Bularga karyera bo‘yicha maslahatlar, treninglar va ish bozoriga tayyorlov bo‘yicha seminarlar kiradi, bu sizning kelajakdagi ish bozorida muvaffaqiyatli bo‘lishingizga yordam beradi.
Turkiyada odam tibbiyotini o‘qish muddati: Turkiyada odam tibbiyotini o‘qish muddati olti yilni tashkil etadi: uch yil teorik va ilmiy darslar, uch yil esa amaliy klinik tayyorgarlik.
Turkiyada tibbiyotni turk tilida taklif qiluvchi universitetlar:
Istanbul Aydın Universiteti
Istinye Universiteti
Istanbul Medipol Universiteti
Beykent Universiteti
Üsküdar Universiteti
Halic Universiteti
Atlas Universiteti
Biruni Universiteti
Turk tilida o‘qishning afzalliklari:
Kontrakt narxi: Ingliz tilida o‘qitiladigan dasturlarga nisbatan o‘qish to‘lovining arzonligi.
Til qobiliyatlari rivojlanishi: Amaliy tayyorgarlik jarayonida bemorlar va tibbiy xodimlar bilan oson muloqot qilish imkoniyati.
Stajirovka va ish imkoniyatlari: Turk tili bo‘yicha qobiliyatlarni rivojlantirish va Turkiyada kasbiy imkoniyatlarni kengaytirish
Turkiyada tibbiyotni ingliz tilida taklif qiluvchi universitetlar
Altınbaş Universiteti
Bahçeşehir Universiteti
Atlas Universiteti
Istanbul Aydın Universiteti
Biruni Universiteti
Okan Universiteti
Haliç Universiteti
Istinye Universiteti
Istanbul Medipol Universiteti
Istanbul Kültür Universiteti
Ingliz tilida o‘qishning afzalliklari:
Xalqaro muloqot: Xalqaro akademik hamjamiyat bilan muloqotni osonlashtiradi va xalqaro ish imkoniyatlarini ochadi.
Akademik resurslar: Ilmiy tushunchalarni kengaytirishga yordam beruvchi global o‘quv kitoblari va manbalardan foydalanish imkoniyati.
Chet elda o’qish osonligi: Ingliz tilida gaplashshuvchi mamlakatlarda o‘qish yoki ishlashni rejalashtirganlar uchun Turkiya yaxshi tayyorgarlik bo’ladi.
Turkiyada odam tibbiyoti bo‘yicha o‘quv dasturlarining kurslari
Birinchi yil:
Anatomiya: Inson tanasi va organlarining tuzilishini o‘rganish.
Fiziologiya: Tana organlari va tizimlarining normal faoliyatini tushunish.
Biokimyo: Tanadagi kimyoviy reaksiyalar va biologik jarayonlarni o‘rganish.
Molekulyar biologiya: Hayot va genetikani molekulyar darajada o‘rganish.
Tibbiy fizika: Radiatsiyadan foydalanish kabi tibbiyotdagi fizika prinsiplari.
Ikkinchi yil:
Kengaytirilgan anatomiya: To‘qimalar va organlarni chuqur o‘rganish.
Patologiya: Kasalliklarni va ularning tanaga ta’sirini o‘rganish.
Mikrobiologiya: Bakteriyalar, viruslar va zamburug‘larni o‘rganish.
Farmakologiya: Dori vositalarini va ularning organizmga ta’sirini o‘rganish.
Sud tibbiyoti: O‘lim sabablari va jinoyatlarni aniqlashda tibbiy bilimlarni qo‘llash.
Uchinchi yil:
Ichki kasalliklar: Ichki organlarning kasalliklarini o‘rganish.
Pediatriya: Bolalar salomatligi va ehtiyojlarini o‘rganish.
Akusherlik va ginekologiya: Ayollar salomatligi va tug‘ruq masalalariga qaratilgan.
Umumiy jarrohlik: Jarrohlik texnikalari va usullarini tanishtirish.
Tibbiy psixologiya: Kasalliklarning bemor psixologiyasiga ta’sirini tushunish.
To‘rtinchi yil:
Kengaytirilgan ichki kasalliklar: Ichki organ kasalliklarini chuqur o‘rganish.
Kengaytirilgan jarrohlik: Zamonaviy jarrohlik texnikalari bo‘yicha mashg‘ulotlar.
Nevrologiya: Asab tizimi kasalliklarini o‘rganish.
Yurak-qon tomir tibbiyoti: Yurak va qon tomir kasalliklarini o‘rganish.
Klinik amaliyot: Kasalxonalarda amaliy tajriba.
Beshinchi yil:
Favqulodda tibbiyot: Favqulodda vaziyatlarni boshqarish va birinchi yordam.
Oilaviy tibbiyot: Birlamchi tibbiy yordam ko‘rsatish va umumiy kasalliklarni aniqlash.
Klinik farmakologiya: Dori-darmonlarni bemorlar parvarishida qo‘llash.
Kengaytirilgan klinik mashg‘ulotlar: Kasalxona va klinikalarda chuqur amaliy tajriba.
Sog‘liqni boshqarish: Sog‘liqni saqlash tizimini boshqarish prinsiplari.
Oltinchi yil:
Yakuniy klinik aylanish: Bemorlar bilan bevosita ishlash va tibbiy bilimlarni amalda qo‘llash.
Klinik ixtisoslik: O‘z qiziqishlaringizga qarab ma’lum bir sohada ixtisoslashuv.
Amaliy mashg‘ulotlar: Kasalxona va tibbiy markazlarda trening imkoniyatlari.
Tibbiy hisobot va hujjatlashtirish: Tibbiy hisobot va hujjatlarni yozish ko‘nikmalari.
Turkiyada odam tibbiyotini o‘qish uchun talablar
Xususiy universitetlar uchun:
TR YÖS yoki SAT kabi va boshqa sertifikatlar talabi yo‘q
O‘rta maktab attestati/litsey yoki kollej diplomi
Agar mavjud bo‘lsa til sertifikatlari
Lumico Group orqali universitetlarga kirishning afzalliklari:
Lumico Group xalqaro talabalar uchun Turkiya universitetlarida ro‘yxatdan o‘tish jarayonini osonlashtiruvchi ko’plab xizmatlarni taklif etadi. Bizning xizmatlarimiz:
Maxsus maslahat xizmatlari: Qiziqishlaringiz va akademik maqsadlaringiz asosida eng yaxshi mutaxassislik va universitetni tanlashga yordam beramiz.
Garantiyali qabul: Xususiy turk universitetlariga qabulni kafolatlaymiz va qabul jarayonlari bilan bog‘liq muammolar yechimini topamiz.
Buyuk chegirmalar: O‘qish xarajatlarini 70% gacha kamaytiradigan chegirmalarni taqdim etamiz, bu Turkiyada ta’limni yanada arzonlashtiradi.
Hujjatlarni tarjima qilish va tasdiqlash: Hujjatlaringizni tarjima qilish va tasdiqlash xizmatlarini taklif etib, kirish jarayonini yengillashtiramiz va hatosizligini ta’minlaymiz.
Viza va yashash uchun ruxsatnomasi bo‘yicha yordam: Viza jarayonlari va yashash uchun ruxsatnomasini olish bo‘yicha to‘liq yordam ko‘rsatamiz.
Kutib olish va boshqa xizmatlar: Aeroportda kutib olish, qulay turar joy topish va shaharda yo‘l topishga yordam beramiz.
Doimiy kuzatuv: Istalgan mutaxassislik bo‘yicha qabul qilinishni ta’minlash uchun universitetlar bilan muloqotni kuzatib boramiz va ro‘yxatdan o‘tish bosqichlarini muvaffaqiyatli yakunlaymiz.
Lumico Group sifatida bu xizmatlarni talabalarning Turkiyadagi ta’lim va hayotlariga ko’proq e’tibor qaratishlari uchun qulay va silliq ro‘yxatdan o‘tish tajribasini ta’minlash maqsadida taqdim etamiz.